AKT bo'yicha mas'ul

"Surxondaryo oziq-ovqat mollari" AJ UHBda Axborot-kommunikatsiya tehnologijylarini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha biriktirilgan hodimning lavozim yo'riqnomasi.

Hodim o'z lavozimidagi vazifalarni bajarishda jamiyat ichki mehnat tartibi qoidalariga amal qiladi. Hodim - Axborot-kommunikatsiya tehnologiyalar sohasini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha "O'zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tomonidan jamiyatga kelib tushgan AKTga oid O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmoni, Qarori hamda Hukumat qarorlari va farmoyishlarini belgilangan muddatlarda Rahbariyatga taqdim qilish hamda rahbariyat ko'rsatmasi asosida berilgan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlaydi;

Hodim - "O'zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tomonidan zamonaviy axborot tehnologiyalaridan, dasturiy mahsulotlar va ma'lumotlarni qayta ishlovchi tizimlardan, aloqa va ma'lumot uzatish vositalaridan foydalanishni ta'minlash va ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan kelajotgan hat va takliflarni jamiyat rahbariyatiga taqdim etadi;

Jamiyatda axborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha "O'zulgurjisavdoinvest" uyushmasidan bildirilayotgan takliflar, ish-rejalar, chora-tadbirlar yuzasidan dasturlar ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi;

Hodim - Uyushma tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi, ishga mas"ulijat bilan yondashadi, ijro intizomiga amal qiladi;

Hodim - Axborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha rejalar ishlab chiqishda uyushmada AKT sohasi bo'yicha bo'lim boshlig'i bilan kelishgan holda ishlarni amalga oshiradi;

Jamiyatda Axborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha strategiya ishlab chiqadi.

 

 

AKT bo'icha mas'ul
Т у р а е в  Б.Э.