Baza haqida

"Surxondaryo oziq-ovqat mollari" aksiyadorlik jamiyati ulgurji hududiy bazasi.

 

       

          «Termiz xolodilnik» bazasi 1960 yilda sobiq «O’zgo’shtbaliqsanoati» vazirligi tizimida tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 fevraldagi «Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish xamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-3722-sonli Farmoni, 2006 yil 6 martdagi «Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi PK-300-son qarori va Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 27 martdagi «Iste'mol tovarlari ulgurji savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 52-sonli qarori asosida qayta tashkil etilib, «Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aksiyadorlik jamiyati ulgurji xududiy bazasiga aylantirilgan.

          «Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aksiyadorlik jamiyati ulgurji xududiy bazasi O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan va 2006 yil 29 mayda «Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o’tkazish to’g’risida» 1504-sonli maxsus guvoxnoma berilgan. Shuningdek, Adliya Vazirligi tomonidan 2006 yil 30 iyunda AV №024 seriyali SU № 001/18-sonli «Iste'mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish» uchun maxsus lisenziya berilgan.

          Jamiyatning nizom jamgarmasi 601 510 000 sum qilib belgilangan va nominal qiymati 18 508 sum bulgan 32 500 dona aksiya chiqarilgan bo’lib, ular to’liq joylashtirilgan.

          «Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aksiyadorlik jamiyati ulgurji xududiy bazasining asosiy faoliyati ijtimoiy soxa, maxsus iste'molchilar va viloyat axolisini un, go’sht, sut, tuxum, kolbasa, saryog’, konserva, o’simlik yog’i xamda boshqa oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'minlash shuningdek, viloyatimizning olis qishloqlari, cho’l zonalari, borish qiyin bo’lgan tog’li xududlarda yashayotgan axoliga ulgurji va chakana savdo xizmatlari ko’rsatishdan iborat.

        Xozirgi kunda jamiyat tasarrufida 21 ta omborxona mavjud bulib, ularning umumiy quvvati 4550 tonnani tashkil qiladi. O’simlik yog’i saqlash uchun jami 2434 m3 xajmga ega maxsus tsisternalar o’rnatilib, gigiena sertifikatlari olingan va ular belgilangan tartibda kolibrovka qilingan. Bazada mavjud 21 ta omborxonalarning 19 tasi sovutgichli kameralardan iborat bulib, ular markazlashgan sovitish sistemasi orqali sovutiladi. Kompressor-ammiak tsexi – kompressor tsexi, dulxona (gradirnya) va registansiyadan iborat. Kompressor tsexi omborxonalarning xaroratini sovutish uchun xizmat qiladi. Mavjud kameralarni sovutish uchun 5 ta, shu jumladan, 3 ta AV-200 rusumli va 2 ta ADS RAB-100 rusumli kompressorlar, 1TSG12,5/50k-4-21 rusumli ammiakli nasos va EVAKO rusumli kondensator muntazam ishlab turibdi. AV-200 kompressorining sovuqlik ishlab chiqarish quvvati 185000 kkal/soat, ADS RAB-100 kompressorining sovuk ishlab chiqarish kuvvati 135000 kkal/soatni tashkil etadi.

          Shuningdek, boshqa tovar va maxsulotlarni saqlash uchun qushimcha omborxonalar mavjud bulib, barcha omborxonalar mukammal ta'mirlangan.

       Bundan tashqari, viloyatimiz axolisiga ajratilgan barcha un va o’simlik yog’i birja savdolari orqali o’z vaqtida to’lik xarid qilinib, viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlangan dislokatsiya asosida axoliga markazlashtirilgan tartibda etkazib berilmoqda.

          Baza balansida 510 p/m temir yo’l shoxobchasi mavjud bo’lib, to’lik mukammal ta'mirlangan. Yuklarni vagonlarga ortish, tushirish uchun maxsus maydonlar (platformalar) qurilgan. Yuklarni transport vositalariga ortish, tushirish, tashish uchun 4 ta yuk kutargich (lektropogruzchik) mavjud bulib, ular 120 p/m stokadada ishlarni amalga oshiradi. Shuningdek, bazada yuklarni avtomashinalarga ortish va tushirish uchun 60 p/m avtomobil stokadasi mavjud. Baza tomonidan xarid qilingan maxsulotlar baza balansidagi 4 ta Kamaz 5320 rusumli, 1 ta MAZ rusumli yuk avtomashinalari, 2 ta Kamaz 5320 rusumli o’simlik yog’i tashishga ixtisoslashtirilgan maxsus avtomashina xamda ijaraga olingan 4 ta Kamaz rusumli, 2 ta Gaz-53 rusumli avtomashinalar va 32 ta xususiy Kamaz rusumli avtomashina egalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida markazlashtirilgan tartibda o’z vaqtida sifatli etkazib berilmokda.