Bo'limlar haqida

Savdo bo'limi 

TARTIB
 

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Tartib «Surxondaryo oziq-ovqat mollari” AJ UXB Savdo bulimi (keyingi o'rinlarda bulim) asosiy vazifalarini belgilab beradi.

1.2. Savdo bulimi «Surxondaryo oziq-ovqat mollari” AJ UXBning tarkibiy bulinmasi hisoblanadi.

1.3. Bulim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, bazaning Nizomi, buyruqlari, qarorlari, hamda ushbu Tartib asosida amalga oshiradi.

 

II. Bulimning asosiy vazifalari

2.1. Baza savdo dukonlarining ozik-ovqat tovarlari, meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, sotish faoliyatiga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

2.2. Bulim:

- oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchilar bilan o'rta va uzoq muddatli shartnomaviy savdo aloqalarini o'rnatadi;

- chakana savdo korxonalarini, ayniqsa qishloq, borish qiyin va tog'li hududlarda joylashgan korxonalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlashni tashkil etadi;

- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdoga etkazib berish bo'yicha asosli buyurtmalarni ishlab chiqadi; 

- sust sotiladigan hamda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari zahirada yig'ilib qolishi holatlarini oldini olish buyicha choralar kuradi;

- omborlar, sovutiladigan kameralardan samarali foydalanish buyicha amaliy ishlar olib boradi;

- meva-sabzavot, kartoshka mahsulotlarini fermer va dehqon ho'jaliklaridan xarid qilish, saqlash va qish-bahor mavsumida aholini barqaror ta'minlashni tashkillashtiradi;

- oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va chakana savdoga etkazib berish jarayonlarini tashkil kiladi.

2.3. Ichki iste'mol bozorida marketing tadqiqotlari olib borish va aholi talabidan kelib chiqqan holda zarur turdagi oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

2.4. Mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan aholi eqtiyoji to'liq qondirilmayotgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini chetdan keltirish borasida Bazaning tegishli bo'linmalari bilan hamkorlikda takliflar ishlab chiqish; 

2.5. Oziq-ovqat mahsulotlarining ijtimoiy muhim turlari bilan viloyatning barcha xududlarida aholini uzluksiz ta'minlanishi bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 2.6. Kishloq xo'jalik mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etilish; 2.7. Bulim faoliyatiga oid tegishli ma'lumotlarni tayyorlash va Baza rahbariyatiga taqdim etib borish;