Kompressor tsexi

"Surxondaryo oziq-ovqat mollari" aksiyadorlik jamiyati ulgurji hududiy bazasi kompressor tsexi

 

 

          «Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aksiyadorlik jamiyati ulgurji xududiy bazasida 4 ta muzlatgichli omborxona mavjud bulib, ularning umumiy sig’imi 4550 tonnani, shundan  yaxlamaydigan sig’imi 700 tonnani, minus xaroratli sig’imi 3850 tonnani tashkil etadi.

          Ushbu muzlatgichli omborxonalar markazlashgan sovutish sistemasi orqali sovitiladi.  Kompressor-ammiak tsexi – kompressor tsexi, dulxona (gradirnya) va registansiyadan iborat. Kompressor tsexi omborxonalarning xaroratini sovutish uchun xizmat qiladi.

          Mavjud kameralarni sovutish uchun 5 ta, shu jumladan, 3 ta AU-200 rusumli va 2 ta ADS RAB-100 rusumli kompressorlar, 1TSG12,5/50k-4-21 rusumli ammiakli nasos va EVAKO rusumli kondensator muntazam ishlab turibdi.

          AU-200 kompressorining sovuqlik ishlab chiqarish quvvati 185000 kkal/soat, ADS RAB-100 kompressorining sovuk ishlab chiqarish quvvati 135000 kkal/soatni tashkil  etadi.

          Ushbu kompressorlar ammiak xamda XA-30 moyi bilan ishlaydi.  

          Kompressorlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:

 

Kompressor rusumi Sovuq i/ch quvvati (kkal/soat) Qaynash xarorati 0C Kondensator xarorati 0C Suv sarfi m3/soat XA-30 moy sarfi gr/soat El.dvigatel quvvati kvt/soat Tezligi oborot/minut
AU-200 185 000 -30 +30 2 200 75 980
ADS RAB - 100 135 000 -30 +30 1 100 40 980