Aksiyadorlar

"Surxondaryo oziq-ovqat mollari" aksiyadorlik jamiyati ulgurji xududiy bazasi aksiyadorlarining reestri.

 

# Aksiyadorlar Aksiya soni Nizom jamg'armasi ulushi
1 Mexnat jamoasi 73 0.225%
2 Jismoniy shaxslar 177 0.391%
3 Yuridik shaxs №1 10700 32.92%
4 Yuridik shaxs №2 6500 20%
5 Yuridik shaxs №3 6925 21.31%
6 Davlat ulushi 8125 25%
  JAMI 32500 100%

Kuzatuv kengashi

«Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aksiyadorlik jamiyati ulgurji hududiy bazasining Kuzatuv kengashi toi'g'risida

Kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonun va ustavda faqat aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir. Jamiyat Kuzatuv kengashi 5 a'zodan iborat bo'lib 1 yil muddatga saylanadi.

 

Kuzatuv kengashining vakolatlari

Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishlidir:

  • jamiyat faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
  • aktsiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilishlarini chaqirish, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
  • aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlash;
  • aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
  • aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aktsiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasini belgilash;
  • jamiyat ustaviga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash masalalarini aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi hal qilishi uchun kiritish;
  • mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
  • jamiyatning yillik biznes-rejasini ma'qullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga mo'ljallangan biznes-rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktirmay ma'qullanishi lozim;
  • ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
  • jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning a'zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
  • auditorlik tekshiruvini o'tkazish to'g'risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to'lanadigan haqning eng ko'p miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning taftish komissiyasi a'zolariga (taftishchisiga) to'lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
  • dividend miqdori, uni to'lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish; - jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish; - jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
  • jamiyatning sho''ba va tobe xo'jalik jamiyatlarini tashkil etish;
  • qonunchilikda belgilangan hollarda Jamiyat tomonidan yirik bitimlar va jamiyat affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog'liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish. Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun Jamiyat Ijroiya organiga o'tkazilishi mumkin emas.

 

Umumiy yig'ilish

«Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aksiyadorlik jamiyati ulgurji hududiy bazasi aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi to'g'risida

Jamiyat har yili Aktsiyadorlarning umumiy yigilishini o'tkazishi shart.

Aktsiyadorlarning yillik umumiy yigilishi Jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, biroq moliyaviy yil tamom bo'lgandan keyin olti oydan kechikmay o'tkaziladi.

Aktsiyadorlarning umumiy hisobot yig'ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to'g'risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a'zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to'g'risidagi, auditorlik tekshiruvi o'tkazish haqida qaror qabul qilish to'g'risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu jamiyatning jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvarag'ini tasdiqlash, uning foyda zararlarini taqsimlash masalalari ko'rib chiqiladi

Aktsiyadorlarning yillik umumiy yigilishidan boshqa o'tkaziladigan yigilishlar navbatdan tashqari yigilishlar hisoblanadi.

Aktsiyadorlar umumiy yigilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joy, yig'ilish kun tartibi, umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri tuziladigan sana, umumiy yig'ilishni o'tkazish uchun jamiyat reestri tuziladigan sana, o'tkazilishi haqida aktsiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini, umumiy yig'ilishni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilayotganda aktsiyadorlarga va davlat vakiliga takdim etiladigan axborot (materiallar) ro'yxati, ovoz berish shakli va matni jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.

 

Aksiyadorlarining umumiy yig'ilishining vakolatlari

Aktsiyadorlar umumiy yigilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar tegishli bo'ladi:

  • jamiyat ustaviga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
  • jamiyatni qayta tashkil etish;
  • jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
  • jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aktsiyadorlar qo'mitasining son tarkibini belgilash, ularning a'zolarini saylash va a'zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  • e'lon qilingan aktsiyalarning eng ko'p miqdorini belgilash;
  • jamiyatning ustav fondini ko'paytirish;
  • jamiyatning ustav fondini kamaytirish;
  • o'z aktsiyalarini olish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  • jamiyat taftish komissiyasining a'zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to'g'risidagi nizomni tasdiqlash;
  • jamiyatning yillik hisobotini, yillik biznes-rejasini tasdiqlash;
  • jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
  • jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o'z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;
  • jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aktsiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • qimmatli qog'ozlarning hosilalarini chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • imtiyozli huquqni qo'llamaslik to'g'risida qarorni qabul qilish;
  • aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni sotib olishda aktsiyadorning imtiyozli huquqini qo'llamaslik to'g'risida qarorni qabul qilish;
  • aktsiyalarni joylashtirish (qimmatli qog'ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
  • aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash;
  • aktsiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
  • jamiyatning ijroiya organiga to'lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
  • qonunchilikda belgilangan hollarda Jamiyat tomonidan yirik bitimlar va jamiyat affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish. Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas. Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.

Aksiyadorlar yigilishi

«Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aktsiyadorlik jamiyati ulgurji hududiy bazasi aktsiyadorlari diqqatiga!

«Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aktsiyadorlik jamiyati ulgurji hududiy bazasi aktsiyadorlarining 2014 yil yakuni bo'yicha navbatdagi umumiy yig'ilishi 2015 yil 20 iyun kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahri A.Hidoyatov ko'chasi 1-uyda jamiyat majlislar zalida o'tkazilishini ma'lum qiladi.

Umumiy yig'ilish soat 11.00 da boshlanadi. Aktsiyadorlarni ro'yxatga olish 10.00 da boshlanadi.

Jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishini o'tkazish haqida xabar berish uchun aktsiyadorlar reestri 2015 yil 21 may kuni holatiga va umumiy yig'ilishda qatnashish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar reestri 2015 yil 16 iyun holatiga shakllantiriladi (yopiladi).

Yig'ilish kun tartibi:

1. Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Yig'ilish sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

3. Jamiyat direktorining 2014 yil moliya xo'jalik faoliyati yakunlari va biznes reja ko'rsatgichlarining bajarilishi bo'yicha hisobotini eshitish va tasdiqlash.

4. Jamiyat kuzatuv kengashi raisining 2014 yil natijalari bo'yicha hisobotini eshitish va tasdiqlash.

5. Jamiyat taftish komissiyasining 2014 yil natijalari bo'yicha hisobotini eshitish va tasdiqlash.

6. Jamiyatining 2014 yil moliya-xo'jalik faoliyati yakunlari bo'yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalari, daromad va xarajatlar hisobi hamda sof foydasini tasdiqlash.

7. Jamiyat tomonidan 2014 yil yakuni bo'yicha olingan sof foyda taqsimotini hamda bir dona aktsiyaga hisoblanadigan dividend miqdorini, dividendlarni to'lash shakli va muddatini tasdiqlash.

8. Jamiyatining 2014 yildagi moliya-xo'jalik faoliyati yakunlari bo'yicha auditorlik tekshiruvi hisobotini eshitish va auditorlik xulosasini tasdiqlash.

9. Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a'zolarini saylash.

10. Jamiyat direktori bilan jamiyat Kuzatuv kengashi o'rtasida ilgari tuzilgan mexnat shartnomasini 1 yil muddatga uzaytirish.

11. Jamiyatning (asosiy ko'rsatgichlari, tovar aylanishining o'sishi, sof foyda olinishidan iborat bo'lgan) 2015 yilga mo'ljallangan Biznes-rejasini eshitish va tasdiqlash.

12. Jamiyatning 2015 yilgi moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlash va tasdiqlash.

13. Jamiyat kuzatuv kengashi raisiga to'lanadigan xizmat haqi miqdorini belgilash.

14. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmonining 3-bandiga asosan jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

15. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda jamiyatning ichki Nizomlariga tegishli qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish va tasdiqlash.

16. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda jamiyat Nizomiga tegishli qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish va tasdiqlash.

Umumiy yig'ilishda qatnashish va ovoz berish uchun aktsiyadorlar o'zlarining shaxsini tasdiqlovchi pasportlari hamda ularning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali qatnashishlarini ma'lum qilamiz. (Jismoniy shaxs bo'lgan aktsiyadorlarning vakiliga berilgan ishonchnoma notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxs bo'lgan aktsiyadorlarning vakiliga berilgan ishonchnoma yuridik shaxs rahbarining imzosi va uning asosiy muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi shart).

Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishiga ta'luqli bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar va materiallar bilan Surxondaryo viloyati Termiz shahri A.Hidoyatov ko'chasi 1-uyda jamiyat binosida yoki 8-376-770-80-29 raqamli telefon orqali tanishishingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonuni talablariga muvofiq aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi xabar aktsiyadorlarga elektron pochta orqali yuborilishi belgilangan. Shu munosabat bilan o'zingizning elektron pochta manzilingizni jamiyatning elektron pochta manziliga (This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. ) taqdim etishingiz so'raladi.

Jamiyat kuzatuv kengashi

 

1 sahifa Jami: 2 ta