Umumiy yig'ilish

«Surxondaryo oziq-ovqat mollari» aksiyadorlik jamiyati ulgurji hududiy bazasi aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi to'g'risida

Jamiyat har yili Aktsiyadorlarning umumiy yigilishini o'tkazishi shart.

Aktsiyadorlarning yillik umumiy yigilishi Jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, biroq moliyaviy yil tamom bo'lgandan keyin olti oydan kechikmay o'tkaziladi.

Aktsiyadorlarning umumiy hisobot yig'ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to'g'risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a'zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to'g'risidagi, auditorlik tekshiruvi o'tkazish haqida qaror qabul qilish to'g'risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu jamiyatning jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvarag'ini tasdiqlash, uning foyda zararlarini taqsimlash masalalari ko'rib chiqiladi

Aktsiyadorlarning yillik umumiy yigilishidan boshqa o'tkaziladigan yigilishlar navbatdan tashqari yigilishlar hisoblanadi.

Aktsiyadorlar umumiy yigilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joy, yig'ilish kun tartibi, umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri tuziladigan sana, umumiy yig'ilishni o'tkazish uchun jamiyat reestri tuziladigan sana, o'tkazilishi haqida aktsiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini, umumiy yig'ilishni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilayotganda aktsiyadorlarga va davlat vakiliga takdim etiladigan axborot (materiallar) ro'yxati, ovoz berish shakli va matni jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.

 

Aksiyadorlarining umumiy yig'ilishining vakolatlari

Aktsiyadorlar umumiy yigilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar tegishli bo'ladi:

  • jamiyat ustaviga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
  • jamiyatni qayta tashkil etish;
  • jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
  • jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aktsiyadorlar qo'mitasining son tarkibini belgilash, ularning a'zolarini saylash va a'zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  • e'lon qilingan aktsiyalarning eng ko'p miqdorini belgilash;
  • jamiyatning ustav fondini ko'paytirish;
  • jamiyatning ustav fondini kamaytirish;
  • o'z aktsiyalarini olish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  • jamiyat taftish komissiyasining a'zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to'g'risidagi nizomni tasdiqlash;
  • jamiyatning yillik hisobotini, yillik biznes-rejasini tasdiqlash;
  • jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
  • jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o'z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;
  • jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aktsiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • qimmatli qog'ozlarning hosilalarini chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • imtiyozli huquqni qo'llamaslik to'g'risida qarorni qabul qilish;
  • aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni sotib olishda aktsiyadorning imtiyozli huquqini qo'llamaslik to'g'risida qarorni qabul qilish;
  • aktsiyalarni joylashtirish (qimmatli qog'ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
  • aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash;
  • aktsiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
  • jamiyatning ijroiya organiga to'lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
  • qonunchilikda belgilangan hollarda Jamiyat tomonidan yirik bitimlar va jamiyat affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish. Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas. Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.