Kompleks chora - tadbirlar bajarilishi

Surxondaryo viloyati hokimligi va «O'zulgurjisavdoinvest» uyushmasi tizimidagi «Surxondaryo oziq-ovqat mollari» AJ MSMT va G'K tomonidan 2016 yilda amalga oshirilishi mo'ljallangan Kompleks chora- tadbirlar rejasining bajarilishi to'g'risida

M A ' L U M O T

 

1. Denov tumanida «O'zulgurjisavdoinvest» uyushmasiga qarashli bo'lgan baza hududida (Denov shahar Ostonoqulov ko'chasi 117-uy) mavjud 7 gektar maydonda Logistika markazi tashkil etish hamda 5000 tonna mahsulot saqlashga mo'ljallangan eski bino va omborxonalarni qayta rekonstruktsiya qilish hamda belgilangan talablarda «Yagona oyna» tizimida ish yuritishiga moslashtiriladi.

2. Logistika markazi infrastrukturasi va ularning joylashuvini belgilash hamda Logistika markazi qoshida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash (murabbo, jem, tuzlangan konservalar) korxonasi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun Toshkent shahrida joylashgan loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda tegishli loyihalarni ishlab chiqish 2016 yil aprel oyiga belgilandi.

3. Loyihani moliyalashtirish maqsadida korxonaning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar va xizmat ko'rsatuvchi bankdan 2016 yil mobaynida olinadigan kredit mablag'lari miqdorini aniqlash uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, tegishli tijorat banklari bilan muzokoralar olib borilmoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi tashkil etish uchun xorijdan zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilish uchun xorijiy hamkorlar bilan tuziladigan shartnoma asosida jami 480,0 ming AQSh dollari miqdorida konvertatsiya qilinadi. Shundan 160,0 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar tuzlangan konservalar ishlab chiqaruvchi va 320,0 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi asbob-uskunalar xarid qilishga sarflanadi.

Hozirgi kunda tegishli asbob-uskunalarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan muzokoralar olib borilmoqda.

4. Mazkur loyihalarni to'liq amalga oshirish muddati 2016 yil noyabr oyiga belgilanib, uning bajarilishini ta'minlash maqsadida tegishli tarmoq grafigi (setevoy grafik) ishlab chiqildi va uni tasdiqlash uchun yuqori tashkilotga taqdim etildi.

5. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini ta'minlash uchun viloyatning Angor, Jarqo'rg'on, Termiz va Denov tumanlaridagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi fermer va dehqon xo'jaliklari bilan 25,0 ming tonna qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadida 25 ta fyuchers shartnomalari tuzildi. Mazkur shartnomalar asosida urug'lik va meneral o'g'itlar, yoqilgi-moylash materiallari xarid qilish hamda agrotexnika ishlarini amalga oshirish uchun 160,0 mln so'm bo'nak to'lovlari to'lab berildi.

6. Termiz shahar A.Hidoyatov ko'chasi 1-uy manzilda 4000 kv.m sig'imga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo'ljallangan omborxona qurish uchun jamiyatning o'z mablag'lari hisobidan 1200,0 mln so'm miqdorida mablag' sarflash va 2016 yilning 3-choragida ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

7. Viloyatimizning tog'li va borish qiyin bulgan joylarda mavjud 10 ta eski dukonlarni qayta rekonstruktsiya qilib, ishga tushirish uchun tegishli smeta hujjatlari tayyorlandi. Mazkur smetalar asosida jamiyatning o'z mablag'lari hisobidan 250,0 mln so'mlik mablag' sarf qilinib, joriy yilning 1 sentyabrigacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

8. Termiz tumanida joylashgan «Janub standart» ixtisoslashtirilgan parrandachilik-chorvachilik komleksining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib AT «Xalq» banki Surxondaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda chetdan 1500 bosh zotdor qoramol olib kelish maqsadida tegishli ishlar tashkillashtirilib, konvertatsiya masalalarini hal qilish uchun muzokoralar olib borilmoqda.

9. 2016 yilda xarid qilinadigan 1500 bosh zotdor qoramollar hisobidan sutkasiga 10,0 ming litr sutni qayta ishlash, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish tsexini qo'rib ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Mazkur loyihaning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra 2025,0 mln so'm bo'lib, korxonaning o'z mablag'lari hisobidan sarflanadigan miqdori 1050,0 mln so'm, bank kreditlari hisobidan 975,0 mln so'mni tashkil etadi.

Loyihada hisob-kitoblar bo'yicha Yevropa ittifoqida ishlab chiqarilgan qiymati 300,0 ming evro miqdoridagi zamonaviy asbob-uskunalar mablag'larni konvertatsiya qilish yo'li bilan olib kelinadi. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish tsexini to'liq ishga tushirish joriy yilning noyabr-dekabr oylariga rejalashtirilmoqda.